2018-yilda O‘zbekistonda yengil avtomobillar importi o‘sgan, deya xabar beradi “Spot”.
Agar 2017-yilda O‘zbekiston import avtomobillariga 155 million AQSh dollar sarflagan bo‘lsa, 2018-yilda bu ko‘rsatkich 319 million AQSh dollarga yetgan.
Taqqoslash uchun 2016-yilda ushbu ko‘rsatkich 193 million AQSh dollarni, 2015-yilda 120 million AQSh dollarni, 2014-yilda esa —212 million AQSh dollarni tashkil qilgan.
Xususan o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra O‘zbekistonda Lada avtomobillarining savdosi 357 foizga o‘sgan, Rossiya kompaniyasi 2,6 ming dona avtomobil sotgan.
Rossiya avtosanoatining O‘zbekistonda kengayishi haqida 2018-yilning aprelida ma’lum bo‘lgandi.
“AvtoVAZ” eksport savdolari bo‘yicha menejer Ilya Simakin xorijiy avtomobil ishlab chiqaruvchilari uchun doim yopiq bo‘lgan O‘zbekiston asta-sekin ochilayotgani haqida aytgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, avval kompaniya O‘zbekistonda yiliga 100 dona mashina sotgan bo‘lsa, 2017-yildan ushbu ko‘rsatkich —10 marta ortgan.
Izoh (0)