19—29-yanvar kunlari Janubiy Koreyaning Youngone Corporation kompaniyasi, viloyat endokrinologiya dispanseri va Samarqand tibbiyot birlashmasi xodimlari hamkorligida ijtimoiy sohada faoliyat yuritayotgan xodimlarni tibbiy ko‘riklardan o‘tkazadi. Bu haqda “Zarnews” xabar berdi.
Tibbiy ko‘rik davomida 99–maktabgacha ta’lim muassasasida 4 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan tarbiyalanuvchilar o‘rtasida ularni rivojlantiruvchi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Shuningdek, 25—27-yanvar kunlari viloyat endokrinologiya dispanserida Seul Milliy Universitetining yetakchi diyetologlari professorlar Jihyun Li va Belong Cho tomonidan qandli diabet kasalligi bo‘lgan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish rejalashtirilgan.
Izoh (0)