23-yanvar kuni Toshkent viloyati Zangiota tumani Namuna mahallasida joylashgan Yakka tartibdagi tadbirkor K.N.ga tegishli mebel ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda YOXBB matbuot xizmati xabar qildi.
Yong‘in oqibatida mebel ishlab chiqarish sexining 150 kvadrat metr maydonda tom qismi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘indan tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘inni bartaraf etishga 6 ta yong‘in o‘chirish ekipajlari jalb etilgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘indan sexning 150 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.
Yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda, deyiladi xabarda.
Izoh (0)