Toshkentda xalqaro arbitraj markazi tashkil etish to‘g‘risidagi taklifga rozilik berildi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Taklifga Savdo-sanoat palatasi huzurida Toshkent xalqaro arbitraj markazini (TIAC) tashkil etish to‘g‘risidagi Prezident qaroriga muvofiq rozilik berildi.
Uning asosiy vazifasi turli davlatlarda joylashgan tijorat tashkilotlari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolarni, xususan, investitsiyalar, intellektual mulk va blokcheyn texnologiyalari bilan bog‘liq nizolarni xalqaro arbitraj orqali hal etishni tashkil etish hisoblanadi.
Izoh (0)