Yengil avtomobil boshqaruvidagi noma’lum erkak Polsha poytaxti Varshavada prezident saroyi darvozasini buzishga urinib ko‘rdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Xabar berilishicha, 36 yoshli erkak qo‘lga olingan. Erkak uni to‘xtatishga harakat qilgan politsiyachining ustiga mashinani haydagan. Jabrlangan politsiyachi kasalxonaga yotqizilgan.
Izoh (0)