Fransiya poytaxti Parij shahrida 22-yanvar kuni ertalab to‘rt kishi mamlakat prezidentining qarorgohi Yelisey saroyi yaqinida joylashgan Milleis banki filialini talab ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Xabar berilishicha, to‘rt nafar qurollangan shaxs bank binosiga kirgan, xodimlarni bog‘lab, seyflarni bo‘shatishga kirishgan.
Seyflarning 30 ta qutisini bo‘shatib olgan jinoyatchilar hodisa joyidan yashiringan. Ular olib ketgan mablag‘ning aniq summasi hali aniqlanmagan, biroq u bir necha ming yevroga teng bo‘lishi aytilmoqda.
Ta’kidlanishicha, hodisa haqidagi signal kunning yarmida yetib kelgan. Xodimlar taxminan uch soat bog‘langan holda qolgan.
Izoh (0)