Davosda Butunjahon iqtisodiy forumi o‘z ishini boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Shveysariyadagi kurortga 3 ming nafarga yaqin davlat organlari vakillari, jamoat arboblari, yirik kompaniyalar va banklar rahbarlari keldi. Forum “Globallashuv 4.0: To‘rtinchi industrial inqilob asrida global arxitekturani shakllantirish” mavzusi ostida o‘tadi.
Bu yil forumga bir necha davlat yetakchilari kelmadi. Jumladan, Donald Tramp shatdaun tufayli tashrifini qoldirdi, Buyuk Britaniya va Fransiya yetakchilari esa ichki siyosiy muammolar sababli uyda qolishga majbur bo‘ldi. O‘tgan yili ularning uchchovi ham Davosda bo‘lgandi.
Forumga Germaniya kansleri Angela Merkel va Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kelishi kutilmoqda.
Izoh (0)