Tayvanda cho‘milish kiyimida tog‘da suratga tushish bilan mashhur bo‘lgan 36 yoshli bloger U Sziyun Yuyshan tog‘iga chiqish arafasida tushib ketib halok bo‘ldi. Bu haqda “Vesti.ru” xabar berdi.
Ayol 30 metrlik balandlikdan tog‘ darasiga tushib ketgan. So‘ng sun’iy yo‘ldosh telefoni orqali qutqaruvchilarga qo‘ng‘iroq qilib, mustaqil harakatlana olmayotganini aytgan.
Biroq qutqaruvchilar noqulay ob-havo sharoiti sababli ayolni qutqarish uchun vertolyotda kela olmagan. Qutqaruvchilar ikki kun deganda u yiqilgan joyga yetib borganida ayol allaqachon sovuqdan halok bo‘lgan.
Izoh (0)