Suriyalik kurdlar “Islom davlati” jangarilarining mingdan ortig‘ini asirlikda saqlayotgan bo‘lib, ularni o‘z mamlakatlariga topshirishga tayyor, biroq ko‘pchilik davlat hukumatlari ularni qabul qilishga shoshilmayapti. Bu haqda suriyalik Kurdistonning Moskvadagi rasmiy vakili Rshad Biyenaf xabar berdi, deb yozmoqda “Podrobno”.
“SDF (Kurdlar tomonidan shakllangan “Suriya Demokratik Kuchlar”) asirligida 40 ga yaqin mamlakatlardan Suriyaga kelgan mingdan ortiq IShID jangarilari saqlanmoqda. Bundan tashqari ular bilan birga kelgan ayollar, oilalari ham bor. Ular orasida MDX mamlakatlari fuqarolari, xususan, O‘zbekiston va Tojikiston fuqarolari ham bor. Biz ko‘pchilik davlatlarga o‘z fuqarolarini olib ketib, ularni sud qilishlarini surab rasmiy murojaat bilan chiqqanmiz”, — deydi Biyenaf.
Uning aytishicha, afsuski, kurdlarning murojaatlariga faqat bir necha mamlakatlargina javob qaytargan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)