Rossiyada xizmat ko‘rsatgan uchuvchi, Rossiya Fereratsiyasi Prezidenti huzuridagi umumiy aviatsiya ishlab chiqarishni rivojlantirish komissiyasi a’zosi Yuriy Sitnik Eronda avialayner bilan sodir bo‘lgan halokat sabablari borasida o‘z fikrini bildirib o‘tdi. Bu haqda “Sputnik” xabar bermoqda.
“Bu shunchaki ekipaj va dispetcherning tizim xatosidir. Agar yaxshi ko‘rinmayotgan, ko‘rish darajasi 10 kilometrdan past bo‘lsa, unda o‘z samolyotingizni qanday qilib ko‘rasiz? Dispetcher esa lokator orqali samolyotni doimiy kuzatib borishi va boshqa tomonga uchib ketayotganini ko‘rishi kerak edi. Masalan, Toshkentda fuqaroviy va zavod polosalari bor. Bir yilda u yerda ikki-uch samolyotni qo‘ndirardik. Ya’ni, shunday holatlar, xatoliklar bo‘lib turardi. Biroq samolyotni asboblarga qarab emas, polosani vizual ko‘rgan holda boshqarish kerak”, — deydi Yuriy Sitnik.
Uning taxminiga ko‘ra, uchuvchi bu аerodromda birinchi marta bo‘lgan va parvozga yaxshi tayyorgarlik ko‘rmagan.
Eslatib o‘tamiz, 14-yanvar kuni Eronning Tehron shahri yaqinida Boeing 707 samolyoti halokatga uchragandi. Unda barcha qurbonlari jasadlari topilgan, faqat bort muhandisigina tirik qolgandi.
Izoh (0)