Anqara AQSh prezidenti Donald Trampning tahdidlariga qaramay Suriyada Qurd tuzilmalari bilan kurashishni davom ettiradi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
“AQSh bizning strategik hamkorligimizni hurmat qiladi va mazkur hamkorlik terrorchilik tashviqoti bilan buzilishini istamaydi deb umid qilamiz. IShID bilan Qurd ishchi partiyasi o‘rtasida farq yo‘q. Biz ularga qarshi kurashishda davom etamiz”, — deydi Turkiya prezidentining rasmiy vakili Ibrohim Qalin.
Turkiya AQShdan Suriya qurdlarini Amerikaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatida mavjud bo‘lgan Qurdiston ishchi partiyasi hamda uning “Xalq mudofaa kuchi” va “Demokratik ittifoq” tarmoqlari bilan tenglashtirilishini katta xato deb atadi.
“Turkiya qurdlar bilan emas, terrorchilar bilan kurashmoqda. Biz terrorchilik tahdidlaridan qurdlarni ham boshqa suriyaliklarni ham himoya qilamiz. Janob Tramp terrorchilar sizning hamkor va ittifoqdoshingiz bo‘la olmaydi”, — deydi Qalin.
Avvalroq, Tramp AQSh harbiylari Suriyadan chiqib ketganidan so‘ng Anqara Suriya qurdlariga hujum qilsa Turkiyani vayron qilishi bilan po‘pisa qilgandi. Shu bilan birga prezident qurdlarni ham Turkiyani provokatsiya qilmaslikka chaqirgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)