Xitoy va AQSh vakillari Pekinda bo‘lib o‘tayotgan savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha muzokaralarni yana bir kunga uzaytirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Yig‘ilish ishtirokchilari savdoga doir kelishmovchiliklarni tugatishga yordam beradigan aniq kelishuvlarga erishishni rejalashtirgan.
“Xitoy muzokaralar yakunidan maqbul va o‘zaro manfaatli natijani kutmoqda”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq, AQSh prezidenti Donald Tramp Xitoy bilan savdo borasidagi kelishuvga iloji boricha tezroq erishishni xohlayotganini ma‘lum qilgan edi.
Izoh (0)