Kemerovo viloyatining Tisul shahridagi uyda 9-yanvar, tongda ro‘y bergan yong‘inda 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Yong‘inni o‘chirish davomida 3 nafar katta yoshli — 42 yashar erkak, 41 yoshli ayol va 20 yashar qiz hamda 3 nafar bola — 4 oylik qizaloq, 5 yoshli qiz va 7 yashar o‘g‘il bolaning jasadi topildi”, — deya ma’lum qildi Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyatdagi boshqarmasi vakili.
Qo‘shnilar kuygan hidni payqab, FVV xodimlarini chaqirgan va ular mazkur uyda jasadlarga duch kelgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga qisqa tutashuv sabab bo‘lgan.
20 yashar qizdan tashqari halok bo‘lganlarning barchasi bir oila vakillari ekanligi aytilmoqda.
Izoh (0)