Gruziyada cho‘chqa grippi virusi tufayli vafot etganlar soni 13 kishiga yetdi. Mamlakatdagi barcha yirik klinikalar karantin e’lon qilgan, deya xabar beradi “Vesti.ru”.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligiga ko‘ra, o‘lim holatlarining aksariga bemoralarning surunkali kasalliklari yoki shifokorlarga vaqtida murojaat etmaganlik sabab bo‘lgan. Tibbiyot muassasalari favqulodda holat tartibida ishlamoqda.
Gruziyadagi o‘quvchilarning ota-onalari rasmiylardan qishki ta’tillarni uzaytirish va maktablarda karantin joriy etishni talab qilmoqda.
Izoh (0)