Poytaxt trasporti yangilana boshlandi — yanvar oyining birinchi haftasida Toshkent avtobus parklariga 14 ta o‘rtacha sig‘imli SAZ LE 60 avtobusi yetkazildi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Fevral oxiriga qadar yana 8 ta SAZ LE 60 va 40 ta katta sig‘imli MAN avtobusini yetkazish rejalashtirilgan.
Barcha avtobuslar ichki konditsionerga ega. Bundan tashqari, ular cheklangan imkoniyatli shaxslarning jamoat transportidan foydalanishini osonlashtiruvchi apparellar bilan jihozlangan.
2018-yil davomida Toshkent avtoparklari tomonidan 40 ta MAN avtobusi va 58 ta SAZ LE 60 avtobusi xarid qilingan.
Izoh (0)