O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan 4 ta siyosiy partiya — Xalq-demokratik partiyasi, “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi, Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi safiga O‘zbekiston ekologik partiyasi ham qo‘shiladi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi qonunining 6-moddasiga asosan ekologik partiya tashkil etish bo‘yicha mamlakat fuqarolaridan iborat tashabbuskorlar guruhi shakllangan.
Bugun, 8-yanvar kuni Toshkentdagi Xalqaro savdo markazida yangi partiyaning ta’sis syezdi bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)