Germaniya sharqidagi Dyobeln shahri markazidagi “Germaniya uchun alternativa” o‘nglar partiyasi bo‘linmasi binosi yaqinida yuz bergan portlashga aloqadorlikda gumonlanib, uch kishi politsiya tomonidan hibsga olindi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Gumonlanuvchilar 29, 30 va 50 yoshdagi Germaniya fuqarolari ekanligi aytilmoqda. Keyingi tekshiruv Saksoniya federal o‘lkasining tegishli organlari tomonidan olib borilmoqda.
Avvalroq Dyobeln markazidagi “Germaniya uchun alternativa” o‘nglar partiyasi bo‘linmasi binosi yonida portlash sodir etilgani xabar berilgan edi. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Huquq-tartibot organlari taxminlariga ko‘ra, yovuz niyatlilar buni siyosiy maqsadlar bilan amalga oshirgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)