• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12497.19
    • RUB155.71
    • EUR14597.97
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Dovrug‘i doston Dushanbe yoki mo‘jaz poytaxt mo‘jizalari

    “Tojikiston — XXI asr” mustaqil jurnalistika maktabi tomonidan O‘zbekiston Jurnalistlarni qayta tayyorlash markazi bilan hamkorlikda tashkillangan qo‘shni davlatga safarimiz, tabiiyki, poytaxt Dushanbedan boshlandi va asosan shu yerda kechdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ushbu shahar yozma manbalarda ilk bor 1676-yilda tilga olinadi. U karvon yo‘llari chorrahasida paydo bo‘lgan, dushanba kunlari bu yerda katta bozor bo‘lgan. Nomi ham shunga bog‘liq.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bugungi kunda Dushanbeda 820 ming kishi istiqomat qilmoqda. Poytaxt hukumatiga 20 yildan oshiq — 1996-yildan 2017-yilgacha Mahmadsaid Ubaydulloyev rahbar bo‘lgan. Shundan berisiga prezident Emomali Rahmonning o‘g‘li Rustam Emomali boshqarib kelmoqda.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Boshqa megapolislarga solishtirganda Dushanbe mo‘’jaz va shinam shahar. Shunga qaramay, nafaqat mintaqa, balki dunyo miqyosida ham tilga tushgan natijalari bor ekan.

    Foto: Tajikistan times

    Foto: Tajikistan times

    Ularning dastlabkisidan yaxshi xabardorsiz. Gap 165 metrli davlat bayrog‘i haqida ketmoqda. Uning loyihasiga 2010-yil 24-noyabr, Tojikistonda milliy bayroq kuni nishonlanadigan sanada qo‘l urilgan.

    Oradan bir yil o‘tib, 2011-yili 30-avgust kuni hilpiray boshlagan bayroq to 2014-yil sentyabrgacha, Saudiya Arabistonining Jidda shahrida 170 metrli bayroq qad rostlamaguncha dunyodagi eng baland bayroq bo‘lib kelgan va Ginnes rekordlar kitobiga kirgan. Bayroqning eni 30, bo‘yi 60 metr, og‘irligi 420 kilogramm.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Prezident saroyi qarshisida joylashgan Tojikiston milliy kutubxonasi menga saroydan ham mahobatli tuyuldi. Bino 2012-yil 20-martda, Navro‘z bayrami arafasida ochilgan. Bu voqea arafasida mamlakatda kitob to‘plash umummilliy aksiyasi o‘tkazilgan va unda davlat, jamoat tashkilotlari, aholi faol ishtirok etgan. Natijada 3 millionga yaqin kitob topshirilgan. Hozirda kutubxona fondida 6 milliondan ortiq kitob, gazeta-jurnal, elektron materiallar saqlanadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ochiq kitob shaklida qurilgan to‘qqiz qavatli bino (uzunligi 167 metr, balandligi 52 metr, umumiy maydoni 45 ming kvadrat metr) Markaziy Osiyodagi eng katta kutubxona sanaladi. Bu yerga kiraverishda tojik xalqining 22 nafar atoqli fan, adabiyot va siyosat arbobi byusti joylashgan. Ular sirasida Firdavsiy, Sa’diy, Hofiz, Rudakiydan tortib Mirzo Tursunzoda va Emomali Rahmongacha bor.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Kutubxona 25 ta o‘quv zali, tadbir va anjumanlar o‘tkazish uchun 9 ta zalga ega. Uning qoshida AQSh, Xitoy, Germaniya madaniyat markazlari ochilgan. Imkoniyati cheklangan kishilar uchun alohida bo‘lim xizmat qiladi: bu yerda ovozli nashrlar va Brayl alifbosidagi kitoblar saqlanadi. Aytgancha, milliy kutubxonaning yangi binosi qurilishi boshlangan kun — 4-sentabr mamlakatda “Kitob kuni” deb e’lon qilingan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    2019-yil avgustida Dushanbeda Markaziy Osiyodagi eng yirik masjid namozxonlar uchun o‘z eshiklarini ochadi. Hozirgi vaqtda qurilish ishlarining 70 foizi bajarilgan. Ushbu masjidda bir vaqtning o‘zida 120 ming namozxon ibodatni amalga oshirishi mumkin.

    Foto: Asia-Plus

    Foto: Asia-Plus

    Maydoni 12 gektar bo‘lgan jome masjidining qurilish ishlari 2009-yilda boshlangan. Xarajati 100 million dollar baholanayotgan qurilishga Qatar moliyaviy ko‘mak bermoqda.

    Mayli, rekordlar o‘z yo‘liga. Dushanbening boshqa jihatlari ham jurnalist sifatida e’tiborimni tortdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    O‘zbekiston bilan aloqalar tiklangani nihoyatda qadrlanadi. Ularning yo‘lga qo‘yilgani Tojikistonda 2018-yilning eng muhim voqealari qatorida zikr etildi. Buni safar chog‘ida o‘zimiz ham his etdik. O‘zbekistonliklarga nisbatan e’tibor kuchli, Prezident Shavkat Mirziyoyev esa mamlakatda ancha mashhur. Biz muloqotda bo‘lganlarning aksariyati “Kohi Borbad” caroyidagi davlat rahbarlari qatnashgan konsertni ko‘zda yosh bilan kuzatgani haqida gapirdi.

    Foto: Sputnik

    Foto: Sputnik

    Rasmiy idoralar haddan ziyod qo‘riqlashdan xoli. Jumladan, prezident saroyi, mamlakat hukumati, parlament binosi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Mamlakat senatorlari va deputatlari majlis quradigan bino hatto panjara bilan ham o‘ralmagan ekan.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Narx-navo balandligi. Dushanbedagi supermarket, savdo do‘konlarida narx-navolar ancha baland. Birinchi galda oziq-ovqat va benzin qimmat, mahsulotlarning aksariyati Rossiyadan keltiriladi. Tojikistonliklar O‘zbekiston bilan aloqalarning tiklanishi narx-navo pasayishi, yangi tovarlar kirib kelishiga xizmat qiladi deb hisoblamoqda.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ko‘chalar va xiyobonlarning ozodaligi. Dushanbeda bir hafta bo‘lib ko‘cha yoki xiyobonlarda tamaki burqsatib ketayotgan kishini uchratmadik. Aytishlaricha, bu yuzasidan maxsus qonun qabul qilingan va unga qat’iy rioya etiladi. Jamoat joylarida chekkanlik uchun tuzukkina jarima to‘lashga to‘g‘ri keladi. Ko‘chalar nafaqat ertalab, balki kechki payt ham supuriladi va suv sepiladi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Davlat tiliga e’tibor. Rasmiy idoralar tugul savdo do‘konlari, tamaddixonalar va boshqa ommaviy joylarda ham avval davlat tili, so‘ng boshqa tillardagi yozuvlarga ko‘zingiz tushadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Shu yerga kelib tilimizga singib ketgan ayrim ajnabiy so‘zlarni bemalol tarjima qilib qo‘llash mumkinligiga amin bo‘ldim. Jumladan, fast-fudni “Tez tayyor” deyish ham mumkin ekan...

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

     

    04.01.2019, 15:18   Izoh (0)   49144
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    “Egasiz ayollar migrant bo‘ladi” — “Rakurs” podkastining navbatdagi suhbatdoshi 16 yildan beri muhojirlikda yashayotgan jurnalist Sohiba Hayot

    18 avgust, 21:35

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzax ko‘chalarida drift qilib, qoidalarni buzgan haydovchilar javobgarlikka tortildi

    O‘zbekiston | 19 avgust, 00:10

    “Tramp bilan uchrashuvdan oldin NATO va Yevropa rahbarlari bilan pozitsiyalarni muvofiqlashtirdik” — Zelenskiy

    Dunyo | 18 avgust, 23:55

    Google Avstraliyaning monopoliyaga qarshi qonunlarini buzgani uchun 30 mln yevro jarimaga tortildi

    Dunyo | 18 avgust, 23:40

    Xitoyda qishloq aholisi va sayyohlar to‘rt soatdan ortiq mashina kalitini o‘g‘irlagan sug‘urni qidirishdi

    Dunyo | 18 avgust, 23:25

    Toshkentdagi “Yangi O‘zbekiston” bog‘i atrofida 12 ta mehmonxona qurildi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:09

    Xitoydan O‘zbekistonga spirtli ichimliklarning 2,5 mln dona qalbaki aksiz markasini olib kirayotganlar ushlandi

    O‘zbekiston | 18 avgust, 23:01

    Chexiya Yevropa Ittifoqida tezlikni 150 km/soatgacha cheklaydigan birinchi davlatga aylanishi mumkin

    Dunyo | 18 avgust, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.