Las-Vegasda uch farzandning onasi manikyur uchun 35 dollar to‘lamay ketib qolishga uringan mijozni to‘xtatayotib, halok bo‘ldi, deb xabar berdi Forum Daily.
53 yoshli Nxu Nguyen Crystal Nails & Spa salonida ishlardi. Mijozning plastik kartasida yetarli mablag‘ bo‘lmagani uchun u mashinasidan pul olib berishini aytib, qora Chevrolet Camaro avtomobiliga o‘tirib ketib qolgan.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, ushbu avtomobil uch hafta oldin o‘g‘irlangan.
Nguyen mashinaning sinib yotgan orqa oynasini ushlab oldi, biroq mijoz ayol uni parkovka bo‘ylab sudrab yurib, keyin ketib qolgan. Ushbu hodisa Nguyenning turmush o‘rtog‘i ko‘z o‘ngida yuz berdi. U ham salonda menedjer bo‘lib ishlardi.
“Xotinim uni to‘xtatmoqchi bo‘ldi, biroq ayol to‘xtamay ketaverdi. Uni men ham to‘xtata olmadim. Xotinim 35 dollarni deb halok bo‘ldi”, — deydi erkak.
Izoh (0)