Magnitogorskdagi ko‘p qavatli uyda ro‘y bergan portlash va yo‘nalishdagi “Gazel” mashinasida sodir bo‘lgan yong‘in teraktlar bo‘lishi mumkin. Bu haqda Yekateringburgning “Znak.com” nashri ma’lum qildi, deya xabar beradi TJournal.
Nashr manbasiga ko‘ra, Magnitogorskning Karl Marks ko‘chasi, 164-uydagi portlash 316-xonadonda ro‘y bergan. U yerda istiqomat qilgan Tojikiston fuqarosi xonadonni 30-dekabr kuni ijaraga olgan. Tintuvlar chog‘ida bu yerda geksogen izlari topilgan.
Shuningdek, 1-yanvar kuni qo‘lga olishga urinish chog‘ida “Gazel” mashinasida uch nafar terrorchi o‘ldirilgan, yana biri tirik qolgan.
Ayni vaqtda, Rossiya Tergov qo‘mitasi Magnitogorskda uy podyezdi qulagan joyda portlovchi moddalar izlari topilmaganini bildirdi.
Izoh (0)