Braziliyadagi prezident saylovlari g‘olibi Jair Bolsonaru 1-yanvarda mamlakat rahbari lavozimini bajarishga kirishdi, deb xabar berdi “Exo Moskvi”.
U milliy kongressdagi (parlament) tantanali yig‘ilishda qonunchilik va sud idoralari vakillari, xorijiy mehmonlar ko‘z o‘ngida qasamyod keltirdi.
“Konstitutsiyani saqlash, himoya qilish va unga rioya qilishga, qonunga amal qilishga, Braziliya xalqi manfaati uchun ishlashga, Braziliyaning birdamligi, yaxlitligi va mustaqilligini qo‘llab-quvvatlashga qasamyod qilaman”, — degan Bolsonaru.
Yangi prezidentning mandati muddati 2022-yil 31-dekabrda yakuniga yetadi.
Izoh (0)