Xorazm viloyati hokimi Farhod Ermanov senator etib saylangan, deya xabar bermoqda “Xabar.uz”.
O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasining 27-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan majlisida Farhod Ermanov Senat a’zosi sifatida ro‘yxatga olingan.
Ma’lumot uchun, Ermanov 30-noyabr kuni Xorazm viloyati hokimi etib tasdiqlangandi. Bungacha u aprel oyidan beri viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishlab kelayotgan edi.
Izoh (0)