22-dekabr kuni Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi U.E. o‘zaro janjal oqibatida fuqaro I.R.ning boshiga g‘isht bilan urib jarohat yetkazgan.
“Natijada I.R. kasalxonaga yotqizilgan. U.E. ushlangan”, — deyiladi O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi axborotida.
Xabar berishlaricha, hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)