• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Osiyodagi eng chuqur g‘or: BBC O‘zbekistondagi Boybuloq g‘ori haqida maqola e’lon qildi

    O‘zbekiston tabiati mo‘jizalarga boy. Ayniqsa Boysuntog‘, Hisortog‘ tizmalari bag‘rida joylashgan g‘orlar sir-sinoatga to‘la, deb yozmoqda O‘zA.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Ulardan biri Boysun tumanidagi Cho‘lbayir tog‘ tizmasidagi “Boybuloq” g‘oridir. Nafaqat O‘zbekistonda, balki Osiyo mintaqasida eng chuqur hisoblangan mazkur manzil haqida BBC maqola e’lon qildi. O‘zA BBC tomonidan e’lon qilingan maqolaning ayrim qismlarini taqdim etdi.

    Salkam 50 yil oldin Mustafoqul Zokirov suv topish ilinjida o‘z go‘shasini tark etdi. U yashayotgan qishloq O‘zbekistonning eng olis burchagida bo‘lib, qurg‘oqchiliqdan aziyat chekayotgan edi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Mustafoqulning bedarak ketishi Buyuk Ipak yo‘lining qadimiy shaharlari, bepoyon kengliklari bilan mashhur Markaziy Osiyoga tadqiqotchilarni jalb qilgan kashfiyotga sabab bo‘ldi.

    Bu kashfiyot — “Boybuloq” g‘ori. Dunyoda eng kam o‘rganilgan, sinoatli “Boybuloq” Osiyoning eng chuqur g‘ori hisoblanadi. Uning chuqurligi 1454 metrni tashkil etadi.

    “Boybuloq”qa yetib borish — asabi zaiflar uchun emas. Sovet davridan qolgan yo‘ltanlamas “UAZ”da yetti soatlik ajoyib safar Dehibolo qishlog‘igacha davom etadi. “Dehibolo”ning ma’nosi “eng baland qishloq” degani.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Bir tomonda tog‘lar bulutlar orasida g‘oyib bo‘lsa, haydovchining kichik xatosi evaziga manaman degan jarlar aniq halokatni va’da qilib turibdi. “Men hatto qishda, yarim tunda ham bu yerlardan mashinamda bemalol yura olaman”, — deya maqtanib qo‘yadi, bizning yosh haydovchimiz Erkin. “Bu yerdagi har bir tosh, har bir muyulishni bilaman. Shunday ekan ko‘p ham xavotir bo‘lmasdan, manzaradan bahra oling”

    Bir nechta qishloqlarni ortda qoldirganimizdan so‘ng yo‘l butunlay yo‘qoldi. Mashinamiz atrofida ulkan qoyalar, buloq va kichik soylar bo‘lgan daryo o‘zani bo‘ylab siljishda davom etdi.

    3000 metrdan ziyod balandlikdagi kichik yashil go‘sha — Dehibolo qishlog‘iga yetib bordik... Dehibololiklar asalarichilik bilan shug‘ullanadi, qo‘y boqadi, meva-sabzavot yetishtiradi, yoz bo‘yi ko‘mir, o‘tin g‘amlab qo‘yadi.

    Boybuloq g‘ori tashqarisidamiz. Qoyada katta bo‘lmagan teshik bor. Atrofda havo harorati 30 daraja issiqligiga qaramay, g‘or og‘zidan sovuq yelvizak esmoqda. Teshikning shundoq to‘g‘risida Mustafoqul izlagan kichik buloqqa ko‘zimiz tushdi.

    “Bu yilda ayni manzilda Rossiya — Fransiya — Shveysariya qo‘shma ekspeditsiyasi ish olib bordi, — deydi mazkur ekspeditsiya boshlig‘i Vadim Loginov. — Asosiy vazifamiz Cho‘lbayir tog‘idagi eng chuqur g‘orlar — “Boybuloq” va “Vishnevskiy”ni bir-biriga ulaydigan tunnellarni topish. Ularning joylashuviga qarab, “Boybuloq” va “Vishnevskiy” aslida uzun bo‘lgan bitta g‘or, degan taxminga bormoqdamiz. Agar bu isbotlansa, dunyodagi eng chuqur g‘or kashf etilgan bo‘ladi. Ammo, bu oson ish emas”.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Vadim Loginovning aytishicha, ekspeditsiya g‘or ichida yangi daryolar va ko‘llarni ham topgan.

    “Siz dunyoning hech bir burchagida 3 ming metr balandlikdagi mana shunday g‘orni topa olmaysiz”, — deydi ekspeditsiya a’zosi, shveysariyalik Arnauld Mallard.

    Arnauld Mallard o‘z guruhi bilan chuqurligi 735 metr bo‘lgan “Vishnevskiy” g‘orini o‘rgandi. 2019-yilda ular yana bu yerga kelib, “Boybuloq”ni tadqiq etishni rejalashtirgan. Ekspeditsiya a’zolari har ikkala g‘orning tutashgan joyini topish niyatida.

    28.12.2018, 06:13   Izoh (0)   50291
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkent metrosining Sergeli yo‘nalishida yer usti metro qurilishi jadal davom etmoqda

    28.12.2018, 00:10

    O‘zbekistonda YPX xodimlarining faoliyati baholab boriladi

    27.12.2018, 23:35

    Farg‘onada noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilgan 47 mln so‘mlik tamaki mahsulotlari to‘xtatildi

    27.12.2018, 23:21

    O‘zbekistonda 1,5 ming nafar mansabdor davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi va muddatini buzgani uchun ma’muriy jazoga tortildi

    27.12.2018, 22:58

    Farg‘onada yilning eng yaxshi tadbirkor va investorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi (foto)

    27.12.2018, 22:43

    Toshkentda 30-dekabr kuni Yangi yil qahramonlarining velomarafoni bo‘lib o‘tadi

    27.12.2018, 22:28
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.