Abu-Dabida o‘tayotgan Shayx Zayid nomidagi madaniy meroslar festivalida o‘zbekistonlik oshpazlar tomonidan 10 ming kishiga mo‘ljallangan palov damlanadi. Bu haqda festivalda qatnashayotgan o‘zbek delegatsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Turon 24”.
Palov festivalning markaziy sahnasida pishiriladi, unda 1,5 tonnadan ortiq guruch damlanadi. Markaziy maydonda bitta asosiy katta qozon va uning yonida 8 ta kichkina qozon o‘rnatiladi.
Oshni o‘zbekistonlik 16 ta oshpaz pishiradi.
Ma’lumot uchun, Shayx Zayid nomidagi Abu Dabi madaniy meroslar festivali joriy yil 2-dekabr kuni boshlangan edi.
Izoh (0)