Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In o‘zining Twitter’dagi sahifasida Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llangan rus tilidagi Yangi yil tabrigini e’lon qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Boshqa bir postda Janubiy Koreya rahbari mamlakatlar yangi yilda ham hamkorlikdagi ishni davom ettirishiga umid bildirgan.
“Men uchrashuvimizni va qadrli do‘stona lahzalarni quvonch bilan eslayman. Umid qilamanki, Siz har doim biz bilan tinchlik va mintaqaning gullab-yashnashi yo‘lida bo‘lasiz”, — deb yozgan Mun Chje In.
Shuningdek, u Rossiya yetakchisiga mustahkam sog‘lik, omad, baxt va oldindagi uzoq yillar davomida farovonlik tilagan.
Izoh (0)