Suriya poytaxti Damashq shahrida Birlashgan Arab Amirliklarining elchixonasi ochildi. Diplomatik vakolatxona Suriyada inqiroz boshlanganidan keyin yopilgan edi. Bu haqda BAA Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qilgan.
Diplomatik missiyaning ishi 27-dekabrdan qayta tiklangan. Mamlakatning muvaqqat ishlar bo‘yicha vakili o‘z vazifasini bajarishga kirishgan.
BAA TIV bayonotida aytilishicha, bu qadam mamlakat hukumatining qardosh mamlakatlar bilan munosabatlarni tiklashga urinishini aks ettiradi. Abu-Dabi Suriyadagi tinchlikka ishonmoqda, Suriya mustaqilligi, suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashda arab davlatlari rolini faollashtirishni ko‘zlamoqda.
Izoh (0)