Amerikalik Kolin O’Bredi o‘zining 54 kunlik sayohatini yakunladi. Sayohat davomida u chang‘ida Antarktidani o‘zgalarning yordamisiz kesib o‘tgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Sayohatchining so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 32 soat uning hayotidagi eng murakkab lahzalardan bo‘lgan bo‘lsa ham, ular eng yaxshi lahzalardan biri bo‘lgan.
Xabar berilishicha, O’Bredi o‘z sayohatini 4-noyabrda boshlagan va jami 1499 kilometrni bosib o‘tgan. U sayohatni bundan ikki yil avval shu yo‘nalishda halok bo‘lgan do‘sti Genri Uorslining xotirasi hurmatiga amalga oshirgan.
Izoh (0)