Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ma’lum qilishicha, mamlakat hukumati armiya va flotni qurollarning istiqbolli turlari, shu jumladan gipertovushli qurollar bilan jihozlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar ko‘radi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Putin “Avangard” gipertovushli tizimining ishga tushirilganini yuqori baholadi.
Rossiya prezidentining so‘zlariga ko‘ra, bu hodisa nafaqat milliy ahamiyatga molik, balki milliy manfaatlar chegarasidan ham chiqadi.
Uning aniqlik kiritishicha, kompleks Rossiya Qurolli kuchlari tarkibiga 2019-yilda kiritiladi.
Izoh (0)