Killer Jon Uik haqidagi filmlar rejissori Chad Staxelski “Tog‘lik” filmining remeykini suratga olishni rejalshtirayotgani haqida so‘zlab berdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Staxelskining so‘zlariga ko‘ra, hozirda u haqiqatdan ham ushbu loyihaga qiziqib qolgan.
“Men ‘Tog‘lik’ filmining birinchi qismi menga yoqadi. O‘ylashimcha, men hozir juda yaxshi holatdaman. Bizning jamoamiz, prodyuser, studiya — hammasi meni ‘O‘zing kerak deb bilgan narsani qil’ deya qo‘llab-quvvatlamqoda”, — deydi Staxelski.
Uning qo‘shimcha qilishicha, “Tog‘lik” “Jon Uik”ni eslatadi.
Izoh (0)