24-dekabr kuni Perm o‘lkasida Solikamskdagi “Uralkaliya” shaxtasida halok bo‘lganlar xotirasiga motam kuni e’lon qilindi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
To‘qqiz kishi shaxtadagi tutash oqibatida halok bo‘lgan. Tergov qo‘mitasi “Tog‘ ishlari xavfsizligini buzganlik uchun” jinoiy ish qo‘zg‘agan.Tog‘ ustalari, uchastka rahbari va obyekt boshlig‘idan iborat to‘rt kishi hibsga olingan.
Izoh (0)