Belgiya poytaxti Bryussel shahri markazida noma’lum kishi La Parisienne restoraniga tashrif buyuruvchilarga qarata o‘t ochdi. Bu haqda Studinfo.be xabar berdi.
Erkak muassasa derazalariga qarata uch marta o‘q uzgan, keyin esa yashiringan. Guvohlardan birining so‘zlariga ko‘ra, erkakning qo‘lida Kalashnikov avtomati bo‘lgan.
Hodisa 24-dekabr kuni mahalliy vaqt bilan 10:00 da Avenue Louise ko‘chasida yuz bergan. Politsiyaning ma’lumotlariga ko‘ra, erkakning nima sababdan o‘t ochgani hozircha noma’lum, shu bilan birga, jabrlanganlar haqida xabar berilmagan. Hodisa joyida uchta gilza topilgam, ular sud ekspertizasiga jo‘natilgan. Terrorchilik hujumi varianti hozircha ko‘rib chiqilmayapti.
Izoh (0)