Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bosh kotibi Tomas Gremingerning ma’lum qilishicha, Kerch bo‘g‘ozidagi murakkab vaziyat Rossiya va Ukraina munosabatlarining yanada yomonlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Gremingerning qayd etishicha, Yevropa tomoni Qora dengizdagi vaziyatning yomonlashuviga bir necha oy davomida e’tibor qaratgan. Biror bir tomon mintaqadagi vaziyatni muhokama qilishni zarur deb hisoblamagan.
Tashkilot bosh kotibining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Ukrainada turli yong‘in o‘choqlari bor. Agar qachondir ular chegaragacha yetib borsa, keng miqyosli yong‘in kelib chiqishi mumkin.
Izoh (0)