• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tanzila Norboyeva: Qariyb 240 ming nafardan ziyod o‘zbekistonlik xotin-qizlar ishlash uchun xorijiy davlatlarga chiqib ketgan

    22-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Tanzila Norboyeva keyingi besh yil muddatga qo‘mita raisi lavozimiga qayta saylandi. Konferensiya davomida Norboyeva xonim qo‘mitaning 2014—2018-yillardagi faoliyati yakunlari yuzasidan ma’ruza bilan chiqish qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

    Foto: “Gazeta.uz” / Shuhrat Latipov

    Foto: “Gazeta.uz” / Shuhrat Latipov

    “O‘zbekistonda aholi, ayniqsa, xotin-qizlar bandligini ta’minlash ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning ustuvor yo‘nalishlaridan biri, xalq turmush darajasi va sifatini yuksaltirishning muhim sharti sifatida belgilangan. Joriy yilning o‘zida bandlik dasturlari asosida yaratilgan ish o‘rinlariga xotin-qizlar qo‘mitalari va aholi bandligiga ko‘maklashish markazlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aniqlangan 245 ming nafar ishsiz xotin-qizlar ishga joylashtirildi. 2018-yildan boshlab Prezident farmoni bilan og‘ir turmush sharoitida yashayotgan hamda nogironligi bo‘lgan ayollar, ayniqsa yosh xotin-qizlar bandligini ta’minlash qo‘mitaning ustuvor vazifalaridan biri sifatida belgilandi. Bu borada mahallalar kesimida manzilli ro‘yxatlar shakllantirilib, alohida dastur asosida 10 ming nafarga yaqin og‘ir turmush sharoitida yashayotgan ayollar bandligi ta’minlandi va bunga 38,26 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Xotin-qizlar qo‘mitalari tashabbusi bilan bo‘sh binolarni qayta ta’mirlash va ishga tushirish hisobiga 2 300 dan ortiq kichik sexlar tashkil etilib, 16 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning bandligi ta’minlandi”, — dedi Tanzila Norboyeva.

    Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, shuningdek, ayollar uchun banklar tomonidan ajratilayotgan kreditlar masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi. “Tegishli qarorlar bilan tijorat banklari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga kreditlar ajratish tizimi tubdan o‘zgartirildi. Ya’ni, xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida kreditlar ajratish ohirgi ikki yilda ikki barobarga oshirildi. Ayniqsa, yillik 7 foizlik imtiyozli kreditlar berish tizimi joriy etildi. Masalan, 2014—2016-yillarda tijorat banklari tomonidan xotin-qizlarga tadbirkorlik faoliyati uchun jami 3,8 trillion so‘m kredit ajratilgan bo‘lsa, 2017—2018 yillarda 6,1 trillion so‘m kredit ajratilgan. Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining tashkil etilganligi Qo‘mitalarning ayollar bandligini ta’minlashda bevosita ishtirok etish imkoniyatini yaratib berdi. Xotin-qizlar qo‘mitalarining tavsiyanomalari asosida Fond mablag‘lari hisobidan yillik 7 foizlik imtiyozli kreditlar ajratish tizimi joriy etilib, joriy yilning o‘zida 100 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Bu esa ayollarning oiladan, farzand tarbiyasidan ajralmagan holda hunarmandchilik, kasanachilik, tomorqachilik bilan shug‘ullanishi uchun zarur sharoitlar yaratmoqda”, — dedi u.

    Tanzila Norboyevaning ta’kidlashicha, xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasida muammolar bor. “Xotin-qizlar bandligini ta’minlash borasida ko‘rilayotgan choralarga qaramasdan mehnat bozorida xotin-qizlar ishsizligi hali yuqoriligicha qolmoqda. Xotin-qizlar qo‘mitasida ayollar bandligini ta’minlashda, bu borada jamoatchilik nazoratini olib borishda faollik va talabchanlik yetishmayapti. Masalan, 2018-yilda bandlik markazlariga 107 ming nafardan ortiq ishsiz xotin-qizlar murojaat qilgan bo‘lsa, uyma-uy yurish orqali 170 ming nafarga yaqin ishlash istagi bo‘lgan xotin-qizlar aniqlandi. Ammo, ularning bandligini ta’minlash va bunda hududlarda sektor rahbarlari bilan yaqin hamkorlikda ishlash masalasiga Qo‘mitalar tomonidan yetarli e’tibor qaratilmagan”, — deydi qo‘mita raisi.

    “Ishsiz ayollar bilan yakka tartibda ishlash, ularni tadbirkorlikka jalb etish, yaratilgan imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha maslahat-axborot berish ishlari qoniqarsiz tashkil etilganligi natijasida qariyb 240 ming nafardan ziyod ayollar ishlash uchun xorijiy davlatlarga chiqib ketgan. Farg‘ona va Namangan viloyatlarida xotin-qizlar o‘rtasida ishsizlik darajasi yuqoriligicha qolmoqda. Bu borada hududiy Xotin-qizlar qo‘mitalari tomonidan olib borilayotgan ishlar o‘zning samarasini bermayapti. “Ustoz-shogird” tizimi asosida xotin-qizlarni hunarmandchilikka jalb etish, kasanachilik asosida ishga joylashtirish borasidagi ishlar ham talab darajasida emas. Masalan, kasanachilik asosida xotin-qizlarni ish bilan ta’minlayapmiz, lekin, ular oilasiga daromat olib kelayaptimi? o‘z vaqtida ish haqlari to‘lanayaptimi? degan savolga hechkimda javob yo‘q. Ish beruvchi tashkilotlar tomonidan kasanachi ayollarga yetarli buyurtmalar berilmayapti, natijada esa ish haqlari kam hisoblanmoqda. Ko‘rinib turibdiki, ayollar nomiga kasanachilik asosida ish bilan ta’minlanmoqda. Agar biz bandlik masalasida yuqoridagi muammolarni hal qilmasak, xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan salbiy holatlarni oldini olish borasidagi ishlar o‘zining samarasini bermaydi”, — dedi Tanzila Norboyeva.

    Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi ayollar bandligini ta’minlash borasida belgilab olingan vazifalar bilan ham tanishtirib o‘tdi. Birinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda yaratilgan yangi ish o‘rinlari to‘g‘risida xotin-qizlarning habardorligini oshirish choralarini ko‘rish zarur. Masalan, 2018-yilning o‘zida respublika bo‘yicha 300 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratilgan, lekin bundan aholining habardorligi yo‘q. “Uyma-uy yurish jarayonida ko‘rayapmiz — ishsiz xotin-qizlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarda tafovut katta (Bandlik vazirligida — 107 ming, uyma-uy yurishda — 170 ming)”, — deydi Norboyeva xonim.

    Ikkinchidan, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda har yili xotin-qizlarni, xususan og‘ir turmush sharoitidagi xotin-qizlarning bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli dasturlarni ishlab chiqib, amalga oshirish lozim. Uchinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Kasaba uyushmalari Federatsiyasi bilan hamkorlikda yaratilgan ish o‘rinlarining haqqoniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini o‘rnatishi, shuningdek, munosib mehnat sharoitlarining yaratilganligini, ish haqlarini vaqtida berilayotganligini, qonunchilikda belgilangan imtiyozlardan foydalanayotganligini o‘rganishi zarur. Buning natijasida ish beruvchilarning mas’uliyatini oshirish borasida hukumatga tegishli takliflarni kiritish kerak. “Mehnat bozorida gender tengsizlikka yo‘l qo‘ymaslik va gender tenglikni ta’minlash biz Xotin-qizlar qo‘mitasining asosiy vazifasi bo‘lishi kerak”, — dedi Norboyeva.

    To‘rtinchidan, Xotin-qizlar qo‘mitasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, “Tadbirkor ayollar” uyushmasi bilan hamkorlikda xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etish, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha manzilli chora-tadbirlarni amalga oshirishi zarur. Bunda, tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha o‘quvlar tashkil etish, biznes rejalarini ishlab chiqishga ko‘maklashish masalasiga e’tibor qaratish lozim. Shuningdek, Prezident tashabbusi bilan joriy etilgan “Har bir oila — tadbirkor” dasturi doirasida xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb etish, “Ustoz-shogird” tizimini yanada kuchaytirish va imtiyozli kreditlar olishiga yordam berish kerak.

    “Beshinchidan, Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘lari hisobidan ajratilayotgan imtiyozli kreditlarni asosan xotin-qizlar bandligini ta’minlash yo‘nalishiga sarflanishini va maqsadli ishlatilishini tashkil etishimiz kerak bo‘ladi”, — dedi Tanzila Norboyeva.

    22.12.2018, 21:32   Izoh (0)   18224
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Qarshi tumanidagi xonadonda gaz chaqnashi yuz berdi

    22.12.2018, 21:11

    O‘zbekiston ta’lim muassasalarining 3 mingdan ortiq bitiruvchilari Vyetnamda turli mas’uliyatli lavozimlarda mehnat qilmoqda

    22.12.2018, 20:52

    Marg‘ilonlik o‘quvchi-yoshlar “Armiyadagi bir kunim” aksiyasida qatnashdi

    22.12.2018, 20:31

    Qashqadaryoda hali chillasi chiqmagan chaqalog‘ini 10 million so‘mga sotgan ayol qo‘lga olindi

    22.12.2018, 20:10

    O‘zbekistonda rahbarlik lavozimlarida ishlayotganlar orasida ayollar ulushi 1 foizni ham tashkil etmaydi

    22.12.2018, 19:34

    Qashqadaryodan go‘sht olib kelib beraman deb 150 ming dollarni “yeb ketgan” shaxs qo‘lga olindi

    22.12.2018, 19:13
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Olimlar kuyish va yaralarni davolash uchun “suyuq” teri yaratdi

    Dunyo | 13 avgust, 00:10

    “Shtat ulkan rus merosini saqlab qolmoqda” — Alyaskaning sobiq vitse-gubernatori

    Dunyo | 12 avgust, 23:50

    Janubiy Koreya sudi sobiq prezidentning rafiqasini qamoqqa olish uchun order berdi

    Dunyo | 12 avgust, 23:40

    O‘qishni davlat oliygohlariga ko‘chirish bo‘yicha testlar qachon o‘tkazilishi maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 23:30

    Isroil G‘azoni bombardimon qilishni kuchaytirdi. Bir sutkada 89 kishi halok bo‘lgan

    Dunyo | 12 avgust, 23:15

    Ispaniya va Portugaliyada o‘rmon yong‘inlari avjiga chiqmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 23:00

    Zelenskiy 22 yoshgacha bo‘lgan ukrainaliklar uchun chegaradan o‘tishni soddalashtirishni topshirdi

    Dunyo | 12 avgust, 22:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.