Qashqadaryoning Qarshi tumanida gaz chaqnashi holati yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
21-dekabr kuni S.P. ismli ayol uyi yotoqxonasida elektr chirog‘ini yoqqan vaqtida isitish pechidan sizib chiqib, xonaga yig‘ilib qolgan gaz va havo aralashmasidan chaqnash sodir bo‘lgan.
“Natijada S.P. kuyish jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan. Surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Izoh (0)