Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 11-dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, F.Q. ismli ayol bir oylik ham bo‘lmagan qizalog‘ini “Yog‘du” choyxonasida J.R. ismli ayolga 10 million so‘mga sotayotgan vaqtida qo‘lga olingan.
“Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deya xabar bermoqda O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.
Izoh (0)