Saudiya Arabistoni o‘zining umumiy razvedka xizmatida muxolifatchi jurnalist Jamol Qoshiqchining o‘limiga mazkur xizmat xodimlarining aloqadorligi haqidagi xabarlardan keyin islohot o‘tkazdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Avval mamlakat qirolining farmoni bilan valiahd shahzoda rahbarligida umumiy razvedka xizmatini qayta tashkil qilishni o‘rganish uchun idoralararo komissiya tashkil qilingan.
Endi xizmat rahbari huzurida uchta yangi bosh boshqarma tuziladi: umumiy strategiya va rivojlanish boshqarmasi, huquqiy masalalar bo‘yicha boshqarma va faoliyatni jamoatchilik orqali baholash va ichki audit boshqarmasi.
Izoh (0)