Adliya va Xalq ta’limi vazirligi ta’lim sohasida qonun ustuvorligini ta’minlash borasida hamkorlik qiladi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Xalq ta’limi sohada qonun ustuvorligini ta’minlash va qonun hujjatlari ijrosini tashkil qilish, bu sohaga doir qonun hujjatlarini keng targ‘ib qilish, yosh avlodning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish maqsadida Adliya hamda Xalq ta’limi vazirligi o‘rtasida qo‘shma loyiha imzolandi.
Loyihada, xususan xalq ta’limi muassasalarida huquqiy savodxonlik burchaklarini tashkil etish, soha xodimlari faoliyatini mehnat qonunchiligi talablariga muvofiq tashkil etishda ko‘maklashish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek butun respublika bo‘ylab xalq ta’limi muassasalarida korrupsiyaga qarshi kurashish va “odob-axloq” oyligi o‘tkazilib, ta’limi muassasalaridagi korrupsiya haqida tezkor va anonim xabar berish tizimi takomillashtiriladi.
Bundan tashqari o‘quvchilar va ota-onalar ishtirokida o‘qituvchi obro‘si, sha’ni va qadr-qimmatini oshirishga qaratilgan tadbirlar amalga oshiriladi.
Izoh (0)