19-dekabrda qabul qilingan “Moddiy madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga ko‘ra O‘zbekistondagi uchta muzey-qo‘riqxonaning nomi o‘zgartiriladi. Bu haqda Turon24 xabar bermoqda.
Unga ko‘ra, Buxoro davlat badiiy-me’moriy muzey-qo‘riqxonasi “Buxoro” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Samarqand davlat birlashgan tarixiy-me’moriy va badiiy muzey-qo‘riqxonasi “Samarqand” davlat muzey-qo‘riqxonasi, Xiva “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi “Ichan qal’a” davlat muzey-qo‘riqxonasi etib qayta nomlanadi.
Shuningdek, qarorda Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo va Farg‘ona viloyatlarida “Sarmishsoy”, “Shahrisabz”, “Termiz” va “Qo‘qon” davlat muzey-qo‘riqxonalarini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflar ma’qullanishi ta’kidlangan.
Izoh (0)