Milliy matbuot markazida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “El-yurt umidi” jamg‘armasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumani davom etmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Shu paytgacha jamg‘armalar faqat xorijda ta’lim olish imkoniyatini berar va undan faqat talabalar foydalanishi mumkin edi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi faqat xorijda ta’lim olish uchun emas, malaka oshirishlarga ham yuboradi. Shuningdek, mazkur jamg‘arma imtiyozlaridan faqat talabalar emas, ishlayotgan istiqbolli kadrlar ham foydalanishi mumkin.
Tadbirda aytilishicha, yoshlar o‘rtasida jamg‘arma faoliyatiga bo‘lgan qiziqish ortib borayotir. Xususan, jamg‘armaning www.eyuf.uz veb-sayti dastlab tashkil etilgan vaqtda saytlar reytingida 1700-o‘rinda bo‘lgan bo‘lsa, Prezidentning jamg‘arma faoliyatiga bag‘ishlangan yig‘ilishidan so‘ng kuni kecha 314-o‘ringa ko‘tarilgan. Saytga har kuni o‘rtacha 400 ta foydalanuvchi kirmoqda.
Izoh (0)