O‘zbekistonda Janubiy Koreya biznes-forumi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar bermoqda.
Tadbir davomida Janubiy koreyalik investorlar bilan o‘zaro aloqalarni rivojlantirish masalasi muhokama qilindi. Mehmonlarga mamlakatning sarmoyaviy salohiyati, tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish tizimi haqida atroflicha ma’lumot berildi.
Forum jarayonida ishtirokchilar Prezident huzuridagi biznes-ombudsman faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Biznes-ombudsman va Janubiy Koreya chet el investitsiyalari bo‘yicha ombudsmani hamda o‘rta va kichik biznes subyektlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ombudsmani bilan istiqbolda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Izoh (0)