Strasburgda Rojdestvo yarmarkasida sodir etilgan otishmada jabrlangan beshinchi kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Parij prokuroriga ko‘ra, vafot etgan shaxs Polsha fuqarosi bo‘lgan.
11-dekabr kuni yarmarkada o‘t ochilishi oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan, 10 nafardan ortiq odam yaralangandi. Politsiyachilar hujumda gumon qilingan 29 yashar Sharif Shavkatni otib tashladi.
Izoh (0)