Yaponiya shimolidagi Sapporo shahrida joylashgan kafeda portlash yuz berdi, oqibatda 42 kishi jabrlandi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Portlashdan keyin muassasada yong‘in boshlangan, qutqaruvchilar alangani o‘chirishga muvaffaq bo‘lgan. Kafe binosi deyarli to‘liq vayron bo‘lgan.
Kafeda takroriy portlash sodir bo‘lishi mumkin, shu munosabat bilan mahalliy aholining binoga yaqin kelishi tavsiya etilmayapti.
Portlash sabablari hozircha noma’lum. Guvohlar so‘zlariga ko‘ra, hodisa joyida gaz hidi sezilmoqda.
Izoh (0)