Kiyevda birlashgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, uning yakunida Ukrainada pravoslav cherkovini ta’sis etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi. Bu haqda “TJournal” xabar berdi.
Buni Sofiya maydonida fuqarolar oldida Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko tasdiqlagan.
“Bu Putinsiz cherkov. Bu Kirillsiz cherkov. Bu cherkov ukrainaliklarni o‘ldirayotgan Rossiya hukumati va harbiylarini duo qilmaydi. Bu cherkov Xudo va Ukraina bilan”, — deydi Pyotr Poroshenko.
Ukraina pomestye cherkovining rahbari etib 39 yoshli mitropolit Pereyaslavskiy hamda Belotserkovskiy Yepifaniya tayinlandi. U Kiyev va Butun Ukraina mitropoliti nomini oldi.
Rossiya pravoslav cherkovi Konstantinopol patriarxati ma’qullamoqchi bo‘lgan Ukrainada Moskvadan mustaqil bo‘lgan cherkovni tashkil etilishiga qarshi. Ukrainadagi Moskva patriarxati pravoslav cherkovi rus pravoslav cherkovi bilan bu borada hamfikr.
Izoh (0)