Germaniya tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Adebar Rossiya va Ukraina tomonlarini Rojdestvo oldidan tinchlik saqlashga chaqirdi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya mamlakatlarni tomonlarda nizo keltirib chiqaruvchi barcha masalalar bo‘yicha deeskalatsiyaga chaqirdi. Adebar ta’kidlashicha, Rojdestvo arafasida tinchlikni saqlash uchun barcha imkoniyatni ishga solish kerak.
Bundan tashqari, Germaniya tomoni mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar borasida boshqa muammolar ustida “normandcha to‘rtlik” formatida ishlashga tayyorligini ma’lum qildi.
Izoh (0)