Belgiya o‘ng qanot partiyalari tomonidan uyushtirilgan tadbirga besh yarim mingga yaqin namoyishchi qo‘shildi. Bu haqda “Exo Moskvi” xabar berdi.
Namoyishchilar o‘tgan hafta Marokashda BMT a’zo—mamlakatlar rahbarlari tomonidan imzolangan global migratsiya paktiga qarshi chiqdi.
Ular migratsiya jarayonini yanada oson va xavfsizroq qilish uchun mo‘ljallangan ushbu hujjat kuchga kirgach muhojirlarning oqimi oshishidan qo‘rquvga tushdi.So‘l guruhlar tomonidan tashkillashtirilgan namoyishda mingga yaqin odam ishtirok etdi. Politsiya namoyish ishtirokchilariga qarshi suv purgagich va ko‘z yoshartuvchi gazdan ham foydalandi.
Izoh (0)