Andijon shahrining O‘zbekiston ko‘chasida joylashgan “Hamkor biznes” markazi hamda “777.uz” super marketi yonginasida salqin ichimliklardan Yangi yil archasi qad rostladi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov xabar bermoqda.
Ushbu archaning bo‘yi 9, eni 4 metr bo‘lib, uning bunyod etilishida 14 760 dona plastik idishdagi suvlar sarflangan. Ikki kun davomida bitgan archa aholi e’tiborini tortish bilan birga, ularda qiziqish ham uyg‘otmoqda.
Izoh (0)