Innovatsion rivojlanish vazirligida Janubiy Koreyaning SMC kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda O‘zbekistonda gaz balloni uskunalarini sinovdan o‘tkazish va avtotransport vositalarini texnik ko‘rikdan o‘tkazish markazlariga ega avtoklaster tashkil etish loyihasi muhokama qilindi.
Shu maqsadda viloyatlarda ixtisoslashgan laboratoriyalar ochiladi, ularning negizida barcha zarur tadqiqot va o‘lchamlar amalga oshiriladi.
Kompaniya loyihani amalga oshirish maqsadida 50 million AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritish hamda davlat-xususiy sherikligi asosida hamkorlik qilishga tayyor. Bunda Janubiy Koreyaning moliya institutlari loyihani to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtiradi.
Izoh (0)