Do‘stlikka ko‘mak berish bo‘yicha Butunxitoy uyushmasi vakillari Toshkent hokimligiga O‘zbekiston poytaxti Buyuk Ipak yo‘li shaharlari alyansiga qabul qilinganligi to‘g‘risidagi sertifikatni topshirdi. Bu haqda Toshkent hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Alyansga, shuningdek, Samarqand, Buxoro, Qarshi shaharlari va Toshkent viloyati ham kirdi. Bu haqdagi qaror sentabr oyida Ipak yo‘li biznes-yetakchilarining uchinchi sammitida qabul qilingan edi. O‘zbekiston delegatsiyasi unda birinchi marta qatnashdi.
Izoh (0)