• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12581.97
    • RUB157.75
    • EUR14698.26
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Madaniyat

    “Kino olamidagi xotinimsan, derdi” yoxud Obid Asomov hamkasblari xotirasida

    Avvalroq so‘z ustasi, aktyor, xonanda, rassom va rejissor sifatida xalqimiz qalbidan chuqur joy olgan O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist Obid Asomov vafot etgani haqida xabar bergan edik. “Daryo” muxbiri Mirolim Isajonov marhumning qadrdon hamkasblari bilan bog‘landi va ular Obid Asomov bilan bog‘liq unutilmas xotiralarini yodga oldi.

    “Hammaning ko‘nglini ola bilardi”

    Mirzabek Xolmedov, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    - Rahmatli Sobit Asomov bilan munosabatlarimiz yaxshiligi bois 1985-yili Benkov nomidagi rassomlik bilim yurtini endigina tamomlagan Obidjonning oldiga bordim. U rasmimni chizib, shaxsiy tashrif qog‘ozimni qisqa vaqt ichida tayyorlab bergan. O‘sha paytda u chiqishlarimni tomosha qilishini aytib, ijodim to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirgan. Ilk tanishuvimiz va aloqalarimizning boshlanishi shu uchrashuv bo‘lgan. Bir necha yildan keyin Sobit va Obid Asomovlar, To‘xtamurod Azizov, Botirxo‘ja Muhammadxo‘jayev bilan birga “Ko‘zgu” teatrini tashkil qildik. 1993-yildan boshlab u o‘z shogirdlarini jamlab, “Obid-A” teatrini tuzdi. Men ham shogirdlarim bilan ijod qilishda davom etdim. Shunday bo‘lsa-da, yillar mobaynida ahilligimiz yanada mustahkamlandi, aka-ukadek bo‘lib qoldik. O‘nlab filmlarda, dublyaj jarayonlarida, konsertlarda ishtirok etdik. Dunyoning bir qancha mamlakatlarida ijodiy safarlarda bo‘ldik. “Obid shou”, “To‘ylar muborak”, “Qovun tushdi” kabi ko‘rsatuvlarida hamkorlikda ijod qilganmiz. U shirin so‘z aytib, hammaning ko‘nglini oladigan, tashkilotchi inson edi. Obidjon asl so‘z ustasi bo‘lib, gap-so‘zi hamisha tayyor turardi. Jumlalarni bir-biriga bog‘lab, har qanday vaziyatda ham latifalar aytishiga qoyil qolardim.

    U bilan so‘nggi bor “Sevimli” kanalida efirga uzatiladigan “Eslab” ko‘rsatuvining menga bag‘ishlangan sonini suratga olish paytida ko‘rishgandik. Tug‘ilgan kunimga yaqin shifoxonaga yotib qoldi. 13-dekabr kuni telefonda gaplashganimda, “Aka ahvolim yaxshi, bugun-erta shifoxonadan chiqaman”, degandi. Ammo 14-dekabrda kechga yaqin omonatini topshirdi. Obidjon bilan “Kulish shart” ko‘rsatuvi orqali dunyoning ko‘p davlatlariga bormoqchi edik. Lekin bu armonga aylandi. Ilohim oxirati obod bo‘lsin!

    “Istarali va dangal inson edi”

    Fotima Rejametova, O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    - Obid Asomovni talabalik davrimdan yaxshi bilardim. Birga sobiq Toshkent davlat teatr va rassomlik san’ati institutida o‘qiganmiz. “Olashaqshaq”, “Tohir va Zuhra”, “Ada emas dada”, o‘tgan yili Yangi yil bayrami munosabati bilan suratga olingan “Zumrad va Qimmat” singari o‘nlab filmlarda partnyor bo‘lganmiz. Hazillashib “Sen kino olamidagi xotinimsan”, derdi. U san’at uchun yaratilgan va o‘z kasbining haqiqiy ustasi edi. Ayrim qiziqchilar odamlarning gaplarini terib yoki bo‘lmasa xorij latifalarini tarjima qilib, sahnaga chiqishadi. Obid Asomovning esa ichidan qiziqarli va hayotiy hikoyalar quyilib kelardi. Soxtalikni sira his qilmasdingiz. Hayotda ham chegaradan chiqmay, bachkanalikdan yiroq holda chiroyli hazil-huzul qilishni qoyillatardi. Juda ham istarali va dangal inson edi.

    “Tohir va Zuhra” filmining tasvirga olish jarayonida taniqli bir nashr muxbirlari syomka maydonchasiga borishgan va Obid akani bo‘yoqlar orqali qon hosil qilinib, bezatilgan qiyofasini suratga tushirishgan. Oradan bir necha kun o‘tib, o‘sha rasm ostida “Obid Asomov vafot etibdi”, degan gap-so‘zlar yozilgan gazeta sahifalari paydo bo‘ldi. O‘shanda Qoraqalpog‘istonda ijodiy safarda edim. Darrov Obid akamga aloqaga chiqib, hol-ahvol so‘radim. Soppa-sog‘ ekanligini va jurnalistlar shunchaki mish-mish chiqarishganini bilgach, ko‘nglimdagi xavotir tarqalgan. Bu galgi noxush xabar ham meni vahimaga solib qo‘ydi. O‘sha zahoti qo‘l telefoniga qo‘ng‘iroq qilib, bog‘lana olmadim va internet saytlarida dunyoni tark etganini o‘qigach, ko‘zlarimdan yoshlar qalqidi. Haligacha uning o‘lganiga ishongim kelmayapti. Bu ham navbatdagi hazil bo‘lib chiqishini istayapman.

    16.12.2018, 21:21   Izoh (0)   144410
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rossiyalik tadqiqotchi: Obid Asomovning chiqishlari o‘zbek xalqining yuragini ochib ko‘rsatardi

    16.12.2018, 19:36

    Petrosyan Obid Asomovni so‘nggi manzilga kuzata olmadi

    16.12.2018, 08:05

    Lion Izmaylov: O‘zbekistondagi bozorga kirganimizda Obid Asomovning atrofida olomon to‘plangan edi

    14.12.2018, 22:58

    Petrosyan Obid Asomov vafoti haqida: Men shok holatidaman

    14.12.2018, 21:29

    Obid Asomov 15-dekabr kuni Toshkentdagi “Kamolon” qabristonida dafn etiladi

    14.12.2018, 21:01

    Obid Asomov vafot etdi

    14.12.2018, 18:21
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    16 avgust, 23:46
    Audio Icon

    Qutblar tutashuvi – AQSH prezidentlari sovet va Rossiya rahbarlari bilan necha marta uchrashgan?

    16 avgust, 21:27
    Audio Icon

    “U imperiyani qutqarishi kerak edi” Tarixdagi eng yirik va qudratli jangovar kema – Yamato haqida

    15 avgust, 09:15

    Arash mojarosi: bir o‘zbek undan pulini ololmay sarson, boshqasi esa ko‘p pul bermoqda

    14 avgust, 21:02
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda non narxi nega qimmatlashayotgani o‘rganildi

    O‘zbekiston | 16 avgust, 23:46

    Gretsiyada 4 kun ichida 242 ta o‘rmon yong‘ini sodir bo‘ldi (video)

    Dunyo | 16 avgust, 23:39

    Madonna 66 yoshda: butun umr otasining roziligini izlagan va jannatdan haydalishdan qo‘rqqan qizaloqdan pop malikasi bo‘lishgacha bosib o‘tilgan yo‘l

    Musiqa | 16 avgust, 23:26

    AQSH g‘azoliklar uchun viza berishni to‘xtatdi

    Dunyo | 16 avgust, 23:15

    Afg‘onistonda soqol olgan erkaklar hibsga olinmoqda

    Dunyo | 16 avgust, 22:55

    Superliga. “Nasaf” “Sho‘rtan”ni ishonchli hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

    Sport | 16 avgust, 22:44

    “Jamiyat bilan davlat o‘rtasida muloqot yo‘q” — Abdulla Abduqodirov O‘zbekiston rivoji uchun nimalar muhimligi haqida

    O‘zbekiston | 16 avgust, 22:34
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.